“Barselona” PSJ hujumchisi Neymarning jamoaga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
El Chiringuito’ning xabar berishicha, Kataloniya klubi futbolchining 2017-yilning yozida jamoadan mojaroli tarzda ketganligi sabab omma oldida kechirim so‘rashini talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Neymarni kataloniyaliklardan 222 million yevro evaziga sotib olgandi. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchi, uning otasi hamda agenti Neymar da Silva “Barselona”dan bonus mablag‘ olish maqsadida transfer vaqtini cho‘zgan.
Avvalroq PSJ braziliyalikni sotishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Neymar 2018/19-yilgi mavsum Fransiya chempionatida 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi hamda 8 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)