Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatida Majburiy ijro byurosining viloyat boshqarmasi, viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat davlat soliq boshqarmasi hamkorligida qarzdor haydovchilarni aniqlab, mavjud qarzdorlikni undirishga yo‘naltirilgan maxsus reyd o‘tkazilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Termiz shahrida tashkil etilgan tadbirda Autocon maxsus apparati yordamida yo‘l harakati qoidalarini buzib, belgilangan jarimalarni muddatida to‘lamagan 80 dan ortiq haydovchi aniqlanib, joyida qarzdorlikni undirish chorasi ko‘rildi.

Qarzini to‘lash imkoniyati bo‘lmagan haydovchilarning transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yildi.

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga muvofiq 60 kun muddatda jarimalarni to‘lamaslik transport vositasini jarima to‘lagunga qadar jarima maydoniga qo‘yishga asos bo‘ladi. Joriy yilning o‘tgan davrida boshqarma va bo‘limlar ish yurituviga avtotransport vositalarini boshqarish bilan bog‘liq 15 ming 700 dan ortiq ma’muriy jarimalarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi” , – deydi Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyat boshqarmasi katta inspektori Qobiljon Tursunov.

Hozirgacha 13 mingdan ortiq qoidabuzar haydovchidan 1 milliard 200 million so‘mdan ziyod jarima mablag‘i undirildi.

Viloyatda qo‘shma reyd davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda milliarder Gautam Adanining yangi loyihasiga qarshi ommaviy namoyishlar avj oldi
Sport
Kamerun terma jamoasi yulduzi Andre Onana murabbiy bilan kelishmovchilik sabab JCH—2022 ni tark etdi
Mahalliy
Infografika: O‘zbekiston Markaziy Osiyoning qaysi davlatlari bilan eng ko‘p savdo qilayotgani ma’lum qilindi