15-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon Chempionatining finalida Ukraina (U-20) jamaosi Janubiy Koreya (U-20)ga qarshi maydonga tushdi.
5-daqiqada Janubiy Koreya terma jamoasi yarim himoyachisi Li Kan Inning penaltidan urgan goliga ukrainlar Vladislav Supryaganing dubli (34, 52) hamda Georgiy Tsitaishvilining (89) goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa Polsha mezbonlik qilgan musobaqa finalida Ukraina terma jamoasi Koreyani mag‘lub etib, o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning 3-o‘rni uchun kurashda Ekvador (U-20) jamaosi Italiya (U-20)ni yarim himoyachi Richard Minaning 104-daqiqada urgan goli evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).
U-20 Jahon Chempionati
Final bahsi
15-iyun, shanba
Ukraina (U-20)—Janubiy Koreya (U-20) 3:1
Gollar: 0:1 — 5, penalti, Li Kan In, 1:1 — 34 Vladislav Supryaga, 2:1 — 52 Vladislav Supryaga, 3:1 — 89 Georgiy TsitaishviliUkraina (U-20): Lunin, Safronov, Bondar, Konoplya, Beskorovayniy, Xaxlev (Chex, 57), Korniyenko, Drishlyuk, Tsitaishvili, Buletsa (Kashuk, 88), Supryaga (Sikan, 62)
Janubiy Koreya (U-20): Li Kvan Yen, Se-Yun (Von-Sang, 46), Li Chje Ik, Xvan Te Xen, Jun (Kyu-Hyuk, 80), Kim Chjun Min, Hyun-Vu, Li Kan In, Ji-Sol, Chjo Yen Uk (Chjon Se Chjin, 63), O Se Xun
Ogohlantirishlar:Hyun-Vu (33), Li Chje Ik (56), O Se Xun (78), Konoplya (86)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)