Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval xabar berganimizdek, Namangan shahrida Koreya—O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Forumda 40 dan ortiq kompaniya vakillaridan iborat Janubiy Koreya delegatsiyasi hamda namanganlik mutasaddilar va ishbilarmon doiralar ishtirok etdi.

Tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Koreya—O‘zbekiston biznes markazi raisi, koreys delegatsiyasi rahbari Kim Chang Keon boshlab berdi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov mehmonlar uchun Namanganning iqtisodiy va investitsion salohiyati haqida taqdimot o‘tkazdi.

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Vitaliy Fen o‘z chiqishida koreyalik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda, xususan, Namanganda biznes yuritishning qulayliklari haqida to‘xtaldi.

Mehmonlardan “M2M” kompaniyasi rahbari Cho Pil Je hamda Himchan hospital bosh direktori Cho Xyun Jun so‘z olib, rejalashtirayotgan loyihalari haqida ma’lumot berdi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Forumning mantiqiy davomi sifatida ikki davlat vakillari o‘rtasida V2V va B2G uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu muzokaralar natijasida umumiy qiymati 14 million dollar bo‘lgan 4 ta investitsion kelishuv imzolashga erishildi.

Jumladan, Chortoq tumanida qiymati 5 million dollar bo‘lgan meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash, To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy qiymati 4 million dollar bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish yo‘nalishida 2 ta loyiha hamda Uychi tumanida 5 million dollarlik vino ishlab chiqarish loyihasi bo‘yicha koreyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlik haqida kelishib olindi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Koreya delegatsiyasi a’zolari viloyatdagi “Chust textile”, “Art Soft Tex” va “Lyuks Plyus Servis” korxonalarida bo‘ldi. Namangan shahridagi “Orzu” kichik sanoat zonasi faoliyati bilan, shuningdek, Namangan shahrida barpo etilayotgan “Afsonalar vodiysi” tematik parki hamda To‘raqo‘rg‘on tumanidagi qurilayotgan “Hyundai Motor Uz Namangan” qo‘shma korxonasi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Aholiga gaz yetkazib berishni oshirish maqsadida Farg‘ona vodiysidagi zapravkalar ishi vaqtincha to‘xtatildi
Mahalliy
“Energetika tariflari erkinlashishining samarasini aholi ikki oyda sezishni boshlaydi” — Sherzod Xo‘jayev
Madaniyat
Sevimli filmlarimizning turli aktyorlar tomonidan ijro etilgan afsonaviy qahramonlari (foto)