Toshkentda eski Tezikovka hududida to‘xtab turgan mashinalar ustiga uy qulab tushdi. Bu haqda Telegram’dagi “NashTash” guruhida xabar berilmoqda.

Foto: Telegram / “NashTash”

Taxminlarga ko‘ra, binoni buzish ishlari olib borilayotganda mashinalarni uy bosib qolgan. Suratda oq va metall rangli ikkita Nexia vayronalar ostida qolgani, ularga ancha jiddiy shikast yetganini ko‘rish mumkin.