Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Joriy yilning 21-aprelida Shri-Lankada sodir etilgan teraktga aloqador besh nafar shaxs qo‘lga olindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ular Interpol tomonidan Yaqin Sharqda qo‘lga olingan va o‘z yurtiga ekstradatsiya qilingan.

“Shri-Lankadagi teraktlarning tashkilotchilaridan biri Interpol qizil burchagi bo‘yicha e’lon qilingan xabardan so‘ng qo‘lga olingan. Ahmad Milan Hayot Muhammad Shri-Lanka fuqarosi, 29 yoshda. Terrorizm va qotillik bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan, bugun boshqa to‘rt nafar gumonlanuvchi bilan birga Shri-Lankaga ekstradatsiya qilindi”, — deyiladi xalqaro tashkilot xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni Kolombodagi Pasxa bayrami bilan bog‘liq ibodat marosimlari vaqtida teraktlar sodir etilgan va oqibatda 200 ga yaqin fuqaro halok bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak