2018-yil sentabrda Yoqutiston (Saxa) respublikasi poytaxti – Yakutsk hokimligi uchun bo‘lib o‘tgan saylovda partiyasiz nomzodini qo‘ygan Sardana Avksentyeva raqiblarini katta ustunlik bilan yutib chiqdi. Undan keyingi faoliyati davomida bu ayol nafaqat Yoqutiston, balki butun Rossiya fuqarolari muhabbatini qanday qozonganini haqida to‘xtalib o‘tsak.
Merlikka saylaniboq Sardana xonim qilgan birinchi ish – hokimiyatga tegishli o‘ta qimmatbaho yo‘ltanlamaslarni sotib yuborib, o‘rniga kamtarona mashinalarni sotib oldi. Avvalgi amaldorlar mashinalarni xalqqa ko‘z-ko‘z qilib haydab yurgan edi. Bu ish haqida yangi mer o‘zining Instagram’dagi sahifasida quyidagicha fikr bildirgan edi:
Mening asosiy missiyam hokimiyat va boshqaruv organlariga, umuman fuqarolar puli bo‘lmish budjetdagi mablag‘larni ortiqcha sarflardan saqlash, iqtisod qilish va oqilona foydalanishdir. Va bunga quyidagi yo‘llar bilan erishmoqchiman:Keyinroq Avksentyeva so‘zining ustidan chiqib, barcha qimmatbaho mashinalarni sotdi va o‘rniga minilgan Toyota Camry hamda “UAZ Patriot” sotib oldi. Har ikki mashina hokimiyat balansida saqlanmoqda. Bu ishlaridan so‘ng ayol diqqatga sazovor bir fikr aytdi:- hokimyat uchun ajratilgan mablag‘ni qisqartirish;
- har xil dabdabali bayramlar, ziyofatlar, “yog‘li” qabullarni bekor qilish;
- chet ellarga hokimiyat hisobidan keraksiz sayohatlar, komandirovkalarni qisqartirish, shahar delegatsiyasi xodimlarini sonini kamaytirish;
- qimmatbaho yo‘ltanlamas mashinalarni sotib yuborish. Fotoda turgan mashina birinchi bo‘lib sotiladi.
“To‘g‘ri, Yoqutistonning yo‘llari yaxshi emas, ammo buni yo‘ltanlamas sotib olish bilan bartaraf qilish kerakmas. O‘sha yo‘llarni tekislash kerak”.
Avksentyeva yo‘l qurilish tashkiloti rahbarlarini ishdan bo‘shatdi va yo‘l qurilish kompaniyalari bilan shartnomalarni to‘xtatdi.
“Yakutskda qish mavsumi” nomli modalar haftaligi o‘tkazilish kerak edi. Mazkur haftalikka sarflanajak xarajatlar smetasini Sardana Avksentyevaning o‘zi ko‘rib chiqdi va libos namoyishi uchun Moskvadan chaqirilgan mashhur modelyer Irina Kurtikova uchun ortiqcha 800 ming rubl kerak emasligini aytdi:
“O‘zimizning modelyerlar ham mo‘ynali kiyimlarni namoyish qilsa bo‘laveradi, keraksiz xarajatlarni to‘xtatish vaqti keldi”.
U ko‘zda tutilgan 800 ming rubl mablag‘ga 45 ta maktabning boshlang‘ich sinflariga havo tozalash apparatlarini sotib olib berdi. Bu ishi bilan, sodda qilib aytganda, oliftalik uchun sarflanajak pulni muhimroq ishga sarfladi.
Keyinroq hokim oddiy ishlarni ham shaxsan o‘zi borib tekshira boshladi. Masalan, bir safar u ertalab farroshlarning ishini shaxsan ko‘zdan kechirdi va bor-yo‘g‘i ikki kishi ishga chiqqanini, ular ham mast holda ekanini, boshliqlari esa ishga kech chiqishini aniqladi. Shaxar tozaligini saqlashga bir yilda 40,7 million rubl sarflanishini, bu pulga 100 dan ortiq ishchi yil davomida uzluksiz ishlashi mumkinligini inobatga olgan Avksentyeva bu mablag‘ni 65 foizga qisqartirdi.
Sardana Avksentyeva budjetdan moliyalashtiriluvchi ishlarni tiyin-tiyinigacha aniqlashtirish uchun keng qamrovli tekshirish ishlari olib bordi.
Yakutsk hokimining yana bir diqqatga sazovor ishi, u ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri efirlar uyushtiradi, xalq bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazadi. Odamlarning savollariga tayinli va asosli javob berishga harakat qilishi, hukumatning shaffof ishlashiga qattiq harakat qilayotgani diqqatga sazovordir.
O‘zbekistonda, aytaylik, Navoiyda hokimlik uchun qimmatbaho Malibu’lar sotib olgan hokimlik, yoki xalq bilan yuzma-yuz uchrashuvlarga e’tibor bermaydigan ayrim amaldorlarimiz mana shunday hokimlardan namuna olsa yaxshi bo‘lar edi.
Bizda ham budjetdagi pul oddiy fuqarolarning puli, omonati ekanini va uni har xil oliftagarchilik ishlariga o‘zlashtirishni to‘xtatish kerak. Istaymizmi, yo‘qmi, hududlar rivoji aynan hokimliklarga bog‘liq.
Abdulazizxon Akramov
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Izoh (0)