KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 2017-yilda o‘ldirilgan akasi Markaziy razvedka boshqarmasiga ma’lumotlarni yetkazib turgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
The Wall Street Journal’ning yozishicha, 2017-yilning fevralida Kim Chen Nam Malayziyaga Amerika razvedkasining josusi bilan uchrashish maqsadida kelgan.
“Amerika josusi va janob Kim o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan”, — deydi shaxsni noma’lum qolishini so‘ragan manba.
Kim Chen Nam 2017-yil 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Uning yuziga asabni falajlovchi VX kimyoviy moddasi sepib ketilgan. Qo‘lga olingan ayollar aybini tan olmagan. Sudda ularning advokatlari ayollar yanglishtirib, reality-shouda ishtirok etishayotgani va hayot uchun xavfsiz bo‘lgan suyuqlik sepishlariga ishontirilganini aytgan.
Izoh (0)