Odessada joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxanasida sodir bo‘lgan yong‘inda to‘rt kishi halok bo‘ldi va yana uch kishi shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Oddessadagi Vorobyova ko‘chasida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga ko‘plab o‘t o‘chiruvchi mashinalar jalb etilgan. Hozirda halok bo‘lganlar soni aniq to‘rtta. Jasadlar olov ichidan olinib, shifokorlar tomonidan ko‘zdan kechirildi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uch nafar bemor va bir nafar hamshira halok bo‘lgan.
Bundan tashqari yana uch kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Yong‘in mahalliy vaqt bilan kechasi 23:26 da o‘chirilgan. O‘t o‘chiruvchilar yonib ketgan korpusdan 15 kishini evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)