Ijtimoiy tarmoqlar orqali kutilmaganda Mustaqillik maydonidagi favvoraning olib tashlanayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ammo unday emas. Hozirda bu yerda to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Arxiv

Mazkur favvoraning qurilganiga 50 yil bo‘lgan. Hozirda uning ayrim joylari darz ketgan. Xabarda aytilishicha, agar vaqtida ta’mirlanmasa metroga suv tushish ehtimoli bor.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qolaversa, favvora u vaqtga nisbatdan 8 barobar ko‘p elektroenergiya iste’mol qiladi. Hozirgi kunda olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari sabab elektr yanada tejaladi.

Shu yil oxiriga qadar favvora ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishda qayta ishga tushiriladi.