“Yuventus” rahbariyati klubga yangi bosh murabbiy tayinlangunga qadar jamoani to‘liq yangilamoqchi. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Turinliklar rahbariyati jamoa asosiy tarkib o‘yinchilarining to‘rt nafarini sotib yuborishga tayyor. Ushbu transferlardan turinliklar 110 million yevro ishlab olmoqchi.
Ma’lum bo‘lishicha, Xuan Kuadrado, Mattia Perin, Mario Manjukich va Joau Kanselu jamoani tark etadi.
Mauritsio Sarrining Turin klubiga bosh murabbiyligiga tayinlanishi kun sayin oydinlashmoqda. “Yuve” italiyalik mutaxassisning kelishi borasida Londonning “Chelsi” klubi bilan deyarli kelishuvga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)