Angliyalik Filipp Steplton xayriya aksiyasida o‘ziga yoqqan suratni 300 dollarga sotib oldi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, u Pablo Pikassoning original ishini sotib olgan. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.
Steplton suratni qalbaki deb o‘ylagan, ammo juda ham yoqtirgani uchun sotib olgan.
“Juda ajoyib ish bo‘ldi. Xaridor kartinaning asl qadrini bilmasdan sotib olgan”, — deydi Brighton and Hove Auctions bosh menejeri Rozi Mey.
Dastlab Mey suratni originalda nusxa deb qabul qilgan. Keyin esa “Ronald Penrouz Esteyt” deb yozilgan imzoga e’tibor bergan. Bu Pikassoning do‘stiga bergan sovg‘asi, deb o‘ylagan. Yaxshilab e’tibor bergach esa Pikassoning “juda aniq” qilib qo‘yilgan imzosi ham borligini aniqlagan.
“Imzo aniq Pikassoniki, lekin yonida qandaydir xabar ham yozilgan. U ispan tilidami, ingliz yoki fransuz tilidami, buni bilolmadik. Lekin “Roland” deb yozilgan aniq dastxat bor. Xabarda nima deb yozilganini bilsak yaxshi bo‘lar edi”, — deydi Mey.
Shuning uchun u kartinani original deb hisoblaydi.
Izoh (0)