Amerika prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida AQSh Meksika bilan kelishuvga erishganini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Meksika noqonuniy immigratsiyaga qarshi kurashish uchun Qo‘shma Shtatlar bilan chegarada nazoratni kuchaytirishga rozi bo‘lgan.
“AQSh va Meksika o‘zaro kelishuvga erishganini sizlarga ma’lum qilishdan mamnunman”, — deydi Tramp. Shuningdek, AQSh yetakchisining qayd etishicha, Meksika tovarlariga qo‘yilgan bojlarning amal qilishi noma’lum muddatga to‘xtatilgan.
Avvalroq, Tramp AQSh va Meksika boj va muhojirlar borasida biror-bir qarorga kelmasa, 10-iyundan boshlab Vashington Meksika tovarlariga 5 foizli bojlarni joriy eta boshlashini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)