“Sevilya” o‘ziga yangi murabbiy topdi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
Jamoani Ispaniya terma jamoasi hamda “Real” sobiq bosh murabbiyi Xulen Lopetegi boshqaradigan bo‘ldi.
Tomonlar 3 yillik shartnoma imzoladi. Lopotegi Xoakin Kaparros o‘rniga “Sevilya” bosh murabbiyi bo‘ldi, Xoakin esa mavsum o‘rtalarida Pablo Machin o‘rniga kelgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegining so‘nggi ish joyi “Real”da bo‘lgan. U mavsum boshidan oktabr oyiga qadar “Qirollik klubi”ni boshqargandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)