Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Milliy universiteti matematika fakultetining 4-kurs talabasi Sardor Bozorboyev Xalq ta’limi vazirligida yangi tashkil etilayotgan Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamentida ish boshladi. Bu haqda vazirlik xabarida aytiladi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Foto: “Xalq so‘zi”

24-may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zMUda oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda S.Bozorboyev o‘z tajribasi, shuningdek, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi o‘quvchilarini xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni hamda Rossiyada bo‘lib o‘tgan tanlovlarda munosib ishtiroki xususida to‘xtalib o‘tgan edi.

Prezident talabaning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga Sardor Bozorboyev uchun avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Prezident Sardor Bozorboyevni Xalq ta’limi vazirligiga ishga olish bo‘yicha taklif berdi.

Xalq ta’limi vazirligida Sardor Bozorboyev Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash Departamentida o‘z faoliyatini boshladi. Sardor Bozorboyev o‘z tajribasidan foydalanib, yoshlarni turli olimpiadalarga tayyorlaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?