“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2 yilni ijara asosida “Bavariya”da o‘tkazgan “Real” yarim himoyachisi Xames Rodriges bilan gaplashdi.
SportBild’ning xabar berishicha, Ronaldu kolumbiyalik futbolchiga qo‘ng‘iroq qilib, uni Turin klubida ko‘rishni istayotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” 2017-yilda Xamesni 15 million yevroga ijara asosida olgandi. Agarda Myunxen klubi futbolchini to‘liqligisha sotib olmoqchi bo‘lsa, 15-iyunga qadar “Qirollik klubi” hisobiga 42 million yevro o‘tkazishi kerak. Biroq buning amalga oshmasligi oydinlashmoqda.
Shu sababli Xames “Real”ga qaytadi. Ammo madridliklar uning xizmatiga qiziqmayapti.
Avvalroq Xames o‘z faoliyatini A Seriyada davom ettirishni xohlayotgani, ammo “Real” futbolchini ingliz klublariga sotib yuborishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)