Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Bankovo ko‘chasidagi Prezident administratsiyasida sport bilan shug‘ullanmoqda. U 31-may kuni sportzalda tushgan suratini o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joyladi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

“Bankovoda. Hech bo‘lmasa gantellarni o‘g‘irlashmabdi”, — deb yozgan Zelenskiy.

Suratda, shuningdek, Prezident administratsiyasi rahbari Andrey Bogdan ham bor.

Avvalroq shu haftada Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Danilyuk o‘zining sahifasida video joylagan edi. Unda Prezident administratsiyasining situatsion xonasidan monitor va serverlar yo‘qolganini aytgan.

Shundan so‘ng sobiq prezident Pyotr Poroshenko matbuot kotibi Svyatoslav Segolkoning xabari paydo bo‘lgan. U Prezident administratsiyasidagi barcha texnikalar Poroshenkoning hisobiga ijaraga olingani, shu sababli ular egasiga qaytarilganini aytgan.

O‘z navbatida, Pyotr Poroshenko davridagi Prezident administratsiyasi rahbarining sobiq o‘rinbosari olib ketilgan serverlar ichida maxfiy hujjatlar yoki ma’lumotlar bo‘lmaganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, situatsion xona arxitekturasi videoserverlardan boshqa hech qanday serverlarga mo‘ljallanmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda