“Real” himoyachi Serxio Ramosni yozgi transferlar vaqtida tekinga qo‘yib yubormoqchi emas.

Foto: Google Images

Avvalroq 33 yoshli futbolchi jamoani tark etishi hamda Xitoy chempionatiga yo‘l olishni istayotgani haqida xabar berilgandi. Bundan tashqari futbolchining “Qirollik klubi” prezidenti Florentina Peres bilan munosabati yomonlashgandi.

AS’ning xabar berishicha, Ramos uchun 100 millionlik taklif tushsa, Madrid klubi o‘yinchini sotishga qarshi emas.

Shu bilan birga, Peres Ramos bilan shartnomani buzmoqchi ham emas. Hozirda ispaniyalik himoyachi yiliga, taxminan, 12,5 million yevro maosh oladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!