Kori Arnold quyoshli Kaliforniyada tug‘ilgan va bolaligidan otasi bilan baliq oviga borishni sevgan. Ulg‘aygach, Arizona universitetiga o‘qishga kirib, san’at sohasida ta’lim olgan. Lekin mutaxassisligi bo‘yicha ishlamagan. Uning o‘rniga Alyaskaga ketib, u yerda baliqchilik kemasiga ishga kirgan. Shunday qilib bolalikdagi sevimli mashg‘ulot u uchun kasbga aylangan.
Bundan tashqari Korining yana boshqa hobbisi ham bor. U ham bo‘lsa fotograflik. U Shimoliy Amerikani kezib chiqqan va uning kamerasi doim yonida bo‘lgan. Endi esa baliqchi dunyo bo‘ylab kezib o‘z ko‘rgazmalarini o‘tkazadi. Suratlarida u dengiz mahsulotlari bizning dasturxonimizga qanday kelishini tasvirlaydi. Travel Ask uning suratlarini taqdim etdi.
Izoh (0)