Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2-iyun kuni Turkiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum qilindi.
Mazkur uchrashuvni Srjan Yovanovich boshchiligidagi serbiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich yordan beradi. Turkiyalik Halil Umut Meler esa to‘rtinchi hakam vazifasini bajaradi.
O‘yin 2-iyun kuni “Alanya” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da boshlanadi. Bellashuvni Sport-TV telekanali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishi ko‘zda tutilgan.
O‘rtoqlik o‘yini
2-iyun, yakshanba
“Alanya” stadioni
Turkiya—O‘zbekiston 23:00
Bosh hakam: Srjan Yovanovich (Serbiya)Yon hakamlar: Urosh Stoykovich va Milan Mixaylovich (Serbiya)
To‘rtinchi hakam: Halil Umut Meler (Turkiya)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)