Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tezkor tadbir davomida Sh.N. ism-sharifli ayol 6 yoshli farzandini fuqaro G.M.ga 15 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Sh.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.