UFC sobiq chempioni irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregor rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov bilan kechgan jangdan so‘ng sodir bo‘lgan tartibsizliklarga izoh berdi.

Foto: Getty Images

“Jang tugadi, hammasi tugadi. U g‘alaba qozondi, uni hurmat qilgan holda tabriklayman. Ko‘ramiz, keyingi safar nima bo‘larkan?! Ishonchim komil, Nurmagomedov bilan yana jang qilaman. Kel, buni yana bir marta amalga oshiramiz”, — dedi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jangda rossiyalik g‘alaba qozongandi va setkadan sakrab o‘tib, irlandiyalikning murabbiylaridan biriga hujum qilgandi. O‘sha vaqtning o‘zidayoq Habib jamoasi a’zolari oktagonda Konorga hujum qildi. Nurmagomedovning so‘zlariga ko‘ra, Makgregor jangdan oldin uni haqorat qilgan. Shu sababli ushbu holat yuzaga kelgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!