“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashining navbatdan tashqari XV plenumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda kengash axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

Plenumda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Bugungi kungacha O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan Sarvar Otamurodov “O‘zagrosug‘urta” aksionerlik jamiyati rahbari etib tayinlanganligi bois partiya yetakchiligidan ozod etildi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zosi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Alisher Qodirov markaziy kengash raisi etib saylandi.