Yaponiyaning Nikko shahri juda ham mashhur emas, ammo juda chiroyli. Bu yerda yaponlar bir necha yuz yillardan beri asrab keladigan kedr daraxlari bor, deya yozadi Travel Ask.
O‘sha noyob ko‘chaning uzunligi 37 kilometr. Ginnes rekordlar kitobidagi ma’lumotlarga ko‘ra, bu sayyoradagi eng uzun daraxtlar xiyoboni hisoblanadi. Xiyobonda 13 mingdan ziyod kedr daraxtlari bor, ularning ko‘pchiligi bu yerda asrlar davomida yashaydi.
Bugungi kunda xiyobon 400 yoshda. Darxtlar XVII asrning birinchi choragida Tosyogu ibodatxonasini qurish paytida ekilgan. O‘sha payt 200 mingga yaqin kedr ekilgan edi, lekin ularning ko‘pi yo‘llar qurilishi va ekologiya yomonlashuvi oqibatida vayron bo‘lgan.
Izoh (0)