Ilon Mask rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan SpaceX kompaniyasi Amerika hukumatiga nisbatan yana bir bor da’vo arizasini ilgari surdi. Bu safar kompaniya sudga qilingan murojaat ommaga oshkor qilinmasligini so‘ramoqda, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: AP

The Washington Post gazetasining yozishicha, Mask yana bir bor federal hukumatni sudga bergan, biroq bu safar da’vo arizasi sir saqlanishi lozimligini talab qilmoqda. SpaceX tomonidan ilgari surilgan da’vo arizasida shunday deyiladi: “da’voda ommaga oshkor qilinishi mumkin bo‘lmagan xizmat ma’lumotlari mavjudligi sabab uning maxfiy qolishi ta’minlanishi lozim”.

Avvalroq Maskning kompaniyasi Pentagon bilan shartnoma tuzish uchun ariza topshirgan, biroq uning taklifi Amerika harbiy idorasini qanoatlantirmagan edi. 2020-yilda Pentagon mudofaa sohasida, xususan, raketa ishlab chiqarish bo‘yicha ikkita firma bilan hamkorlikni o‘rnatishi kutilmoqda.

SpaceX bunga qadar Pentagon manfaatlari yo‘lida kosmosga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirgan edi.