Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

2019-yilning 19-may kuni taxminan soat 18:00 da Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati “Beyneu-Tajen” avtomagistralining 82-kilometrida ichida 7 ta odam, jumladan 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi joylashgan Lada Largus yengil avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Flickr

Foto: Flickr

YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etdi, qolganlar Beyneu tuman kasalxonasiga joylashtirildi. Ayni paytda O‘zbekiston fuqarosi Ashirov Bobomurad Bazarbayevich, 15.08.1991-y.da tug‘ilgan, mazkur tibbiy muassasaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda, qolgan jarohatlanganlarga, jumladan O‘zbekiston fuqarolariga (Ashirov Durdimurad Bazarbayevich, 17.01.1990-y.da tug‘ilgan, Shavxumov Karimbay Yuldashevich, 02.02.1980-y.da tug‘ilgan, Gosharov Xayitmurad Atajanovich, 30.06.1984-y.da tug‘ilgan) kasalxonadan ruxsat berildi.

Beyneu tumani politsiya bo‘limi tomonidan mazkur masala o‘rganilmoqda.

Jarohatlangan o‘zbekistonliklarga amaliy ko‘mak berish, jumladan B.Ashirovga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Elchixona Mang‘istau viloyati va Beyneu tumani ma’muriyati bilan aloqa o‘rnatdi. Ayni paytda fuqarolarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qozog‘iston Ukraina viloyatlarining Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendumlarni tan olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi aholi murojaatlarini Telegram-bot orqali qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi
Dunyo
“Farzandlaringizni o‘limga yubormaslik uchun kurashing”. Zelenskiy — Dog‘istondagi safarbarlikka qarshi namoyishlar haqida