19—21-may kunlari Xitoyning Chjaotsin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina 14,350 ball jamg‘arib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu bellashuvda oltin medalga xitoylik Yu Linmin sazovor bo‘lgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin malayziyalik Yuex Tan Inga nasib etdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)