2019-yil yanvar-aprel oyida eksport hajmi 5,2 milliard dollarga (o‘sish sur’ati 14,3%) teng bo‘ldi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: Spot

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 1,2 milliard dollarlik oltin eksport qilingan bo‘lsa, ikki oy davomida oltin eksporti amalga oshirilmadi.

Yanvar-aprel oyida O‘zbekiston 5,2 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilgan bo‘lsa, bundan 1,2 milliard dollari oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘tgan yilning shu davrida esa mamlakat 1,5 milliard dollarlik oltin eksport qilgan.

Oltin hajmini hisobga olmagan holda, jami tovar va xizmatlar eksporti 4 milliard dollarni tashkil etib, 32,4 foizga o‘sdi.