Deutsche Bank tomonidan har yili tayyorlanadigan eng yuqori maosh beruvchi shaharlar reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rinni AQShning San-Fransisko shahri egallagan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinni esa Shveysariyaning Syurix shahri, uchinchi o‘rinni esa AQShning Nyu-York shahri egallagan. O‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, San-Fransiskodagi o‘rtacha ish haqi soliqlar bilan 6,5 ming dollarni, Syurixda esa deyarli 5,9 ming dollarni, Nyu-Yorkda esa 4,6 ming dollarni tashkil etadi. Shuningdek, eng yuqori oylik maosh beradigan shaharlar ro‘yxatidan Boston, Chikago, Sidney, Oslo, Kopengagen, Melburn va London ham joy egallagan.
Rossiyaning shaharlari reytingga kirmagan.
Izoh (0)