“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski mavsum yakuniga ko‘ra Germaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
30 yoshli hujumchining hisobida 33 ta o‘yinda 22 ta gol mavjud.
Shu tariqa Levandovski 4-marotaba musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylnadi. U 2013/14-yilgi mavsumda Dortmundning “Borussiya” klubi tarkibida ushbu sovringa ega chiqqandi.
Bundesliga to‘purarlari ro‘yxati:
Robert Levandovski (“Bavariya”) — 33 ta uchrashuv, 22 ta gol- Pako Alkaser (“Borussiya D”) — 26 ta o‘yin, 18 ta gol
- Luka Yovich (“Ayntraxt F”) — 32 ta bellashuv, 17 ta gol
- Marko Roys (“Borussiya D”) — 27 ta uchrashuv, 17 ta gol
- Kay Haverts (“Bayer”) — 34 ta o‘yin, 17 ta gol
- Vaut Vegorst (“Volfsburg”) — 34 ta bellashuv, 17 ta gol
- Andrey Kramarich (“Hoffenhaym”) — 30 ta o‘yin, 17 ta gol
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)