“Manchester Siti” Angliya Kubogi finalida “Uotford”ni mag‘lubiyatga uchratdi (6:0).
Shunday qilib “shaharliklar” joriy mavsum Angliyadagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdi — Premyer liga, Liga Kubogi, mamlakat kubogi va Superkubogi.
“Mankunianlar” ustozi Pep Gvardiola Angliyada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan tarixdagi 8-mutaxassis bo‘ldi. Avvalroq Bill Nikolson, Don Revi, Jo Merser, Kenni Dalglish, Jorj Grem, Aleks Fergyuson va Joze Mourinyo ushbu natijani qayd etgandi. Ular turli mavsumlarda barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
MisterChip’ning xabar berishicha, Gvardiolaga qadar hech qaysi murabbiy bitta mavsumda barcha sovrinlarga ega chiqmagandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)