18-may, shanba kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasi vakili Elnur Abduraimov (5 ta g‘alaba, 5 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Elnur shu kuni tanzaniyalik bokschi Issa Nampepechega (29 ta g‘alaba, 10 ta mag‘lubiyat, 6 ta durang, 12 ta nokaut) qarshi ringga chiqdi.
Jangning ikkinchi raundida Issa ilk marta nokdaunga uchragan bo‘lsada, o‘ziga kela oldi. Ammo 4-raundning 1:36 soniyasi ortda qolayotgan vaziyat u jangni davom ettira olmasligini bildirdi va hakam texnik nokautni qayd etdi. Natijada Elnur o‘zining beshinchi jangida ham nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan “RMK yakkakurashlar akademiyasi” sport saroyida bo‘lib o‘tayotgan boks oqshomida, shuningdek, o‘zbekistonlik boshqa bokschilar yengil vazn toifasida Ravshan Umrzoqov (8 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) va ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Sardor Muzaffarov (4 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta nokaut) ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)