18-may, shanba kuni professional boksning yengil (-61,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Elnur Abduraimov (4 ta g‘alaba, 4 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda GoSport xabar berdi.
Shu kuni Elnur tanzaniyalik bokschi Issa Nampepechega (29 ta g‘alaba, 9 ta mag‘lubiyat, 6 ta durang, 12 ta nokaut) qarshi qarshi ringga chiqadi.
Mazkur boks oqshomi Rossiyaning Yekaterinburg shahrida joylashgan “RMK yakkakurashlar akademiyasi” sport saroyida bo‘lib o‘tadi. Janglar Rossiyaning BOKS TV telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish etiladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kuni o‘zbekistonlik boshqa bokschilar yengil vazn toifasida Ravshanbek Umrzoqov (8 ta g‘alaba, 7 ta nokaut) va ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili Sardor Muzaffarov (4 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat, 2 ta nokaut) ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)