Madridning “Atletiko” klubi yozgi transferlar oynasida “Portu”ning 3 nafar o‘yinchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Foto: Google Images

Nashrda yozilishicha, yarim himoyachi Ektor Errera Portugaliya klubi bilan tuzgan shartnomasi muddati yozda tugaydi va u erkin agent sifatida “matraschilar” safiga qo‘shiladi.

“Atletiko” “Portu”ning yana ikki nafar futbolchisi Augusto Felipe hamda Aleks Tellesni sotib olishni rejalashtirgandi. Ma’lum bo‘lishicha, klublar transferlar masalasi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Braziliyaliklar Madrid klubini tark etayotgan Diyego Godin, Felipe Luis va Lukas Ernandesning o‘rnini egallaydi.

Joriy mavsum 29 yoshli Errera Primeyro doirasida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 26 yoshli Telles shuncha o‘yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi (3 tasi penaltidan). 29 yoshli Felipe hisobida esa 30 ta bellashuvda 1 ta gol va 1 ta avtogol mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!