Ukraina Konstitutsiyaviy sudi raisi Stanislav Shevchuk iste’foga chiqarildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Ukrinform”

Shevchukning iste’fosi uchun Konstitutsiyaviy sudning 18 nafar sudyasidan 12 nafari ovoz berdi. Konstitutsiyaviy sud sudyasi Natalya Shaptala yangi rais etib saylandi.

Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud raisi mamlakat prezidentini qasamyodga keltiradi. Saylangan prezident Vladimir Zelenskiyning inauguratsiyasi qachon bo‘lib o‘tishi hozirgacha noma’lum. Oliy Rada deputatlari shu hafta ushbu sanani belgilashlari lozim.