Rossiyaning Chita shahrida politsiya tergovchilari terrorchilik sodir etilishi haqida yolg‘on xabar tarqatgan trolleybus сhiptachisiga nisbatan ochilgan jinoiy ishni sudga oshirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “Zabmedia”

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilning noyabr oyida jamoat transporti shoh bekatidagi trolleybus salonida egasiz quti topilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari uni tekshirib, hech qanday xavf tug‘dirmasligini aniqlagan.

“Dastlabki tergov davomida ayblanuvchi — trolleybus chiptachisi o‘z ish kunini barbod qilish maqsadida avvaldan portlovchi qurilmaning soxta nusxasini yasab, trolleybus salonida qoldirgani aniqlangan”, — deyiladi xabarda.