Yurak kasalliklari dunyo bo‘yicha kasalxonalarga tushish va bevaqt o‘limning asosiy sababi hisoblanadi. Bu haqda amerikalik olimlar ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
AQShning Shimoli-G‘arbiy universiteti mutaxassislariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning o‘zida millionlab odam semizlik va diabet keltirib chiqaradigan yurak yetishmovchiligidan aziyat chekadi.
Olimlar 1999-yildan 2017-yilgacha bo‘lgan vaqt davomida 48 millionga yaqin kishining o‘limi sabablarini o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida 2012-yildan boshlab odamlar asosan yurak bilan bog‘liq muammolar tufayli vafot etayotgani ma’lum bo‘ldi. Yana 6 million kishi mazkur kasalliklar bilan xastalangan.
Izoh (0)