Manxettendagi Patsy’s pitsseriyasi ofitsianti, 27 yashar talaba Armando Markay stolni yig‘ishtirayotganda toza konvertga ko‘zi tushdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Daily News

Konvertni ochib ko‘rgan bo‘lajak shifokor unda 424 ming dollarlik chekni topdi. Topilma egasini topolmagach, chekni pitsseriya egasiga topshirdi. U esa nashr tahririyati bilan bog‘lanib, buni qoldirgan keksa ayolni topishda yordam so‘radi.

Foto: Daily News

Chek 79 yoshli sobiq ijtimoiy ta’minot xodimi bo‘lgan ayolga tegishli bo‘lib chiqdi. U oshxonaga kelib, ovqatlanganidan so‘ng choychaqa qoldirmagan ofitsiantdan kechirim so‘radi va pul taklif qildi. Biroq talaba suyunchini olishdan voz kechdi.

Foto: Daily News