Polshada “Huquq va adolat” hukmron partiyasi rahbari Yaroslav Kachinskiy mamlakat yevroga o‘tmoqchi emasligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Varshavaning iqtisodiyoti Germaniya darajasiga yetganidan keyingina u yevroga o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Polshaning pul birligi — zlotiy mamlakat iqtisodiyotini “himoya qiladi”.
Kachinskiyning ta’kidlashicha, ayni paytda Polsha “zlotiydan voz kecha olmaydi”.
Izoh (0)