11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turi doirasida 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Kunning dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi safarda Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 17:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar avvalgi turda “Surxon”ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Dinamo” “Andijon” bilan durang o‘ynagandi (2:2).
Turning markaziy uchrashuvida musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi. Bahsga soat 19:45 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “sherlar” 7-turda “Metallurg” ustidan g‘alaba qozongandi (2:1). Namanganliklar esa “So‘g‘diyona”dan ustun kelgandi (3:1).
Superliga
8-tur bahslari
11-may, shanba
“Dinamo”—OKMK 17:30
“Paxtakor”—“Navbahor” 19:45
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)