2018/19-yilgi mavsum Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Liverpul” “Tottenhem” bilan bahsga kirishadi.
Bu 2008-yildan buyon birinchi va musobaqa tarixidagi ikkinchi inglizcha final hisoblanadi.
2008-yilda Moskvadagi “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tgan final bahsida “Manchester Yunayted” klubi “Chelsi” bilan o‘ynagandi (1:1, penaltilar seriyasi — 6:5).
Bundan tashqari inglizcha final 1971/72-yilgi mavsum UEFA Kubogida ham yuz bergandi. O‘shanda “shporlar” “Vulverhempton”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (2:1, 1:1).
Ma’lumot uchun, “Liverpul” hamda “Tottenhem” o‘rtasidagi final uchrashuvi 1-iyun kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)