Amazon rahbari Jeff Bezos Oyga qo‘nishga mo‘ljallangan kosmik apparat prototipini taqdim etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Kadr: YouTube

Bezos o‘z taqdimotini “Oyga qaytish vaqti keldi” so‘zlari bilan boshladi.

Amazon asoschisi Yerning tabiiy yo‘ldoshiga qo‘nishga mo‘ljallangan apparatning haqiqiy kattalikdagi maketini namoyish etdi. Ushbu modul Blue Moon nomini oldi.

“Biz loyihani uch yil oldin boshlaganimiz sabab, belgilangan muddatda uni yakunlay olamiz. Bu safar Oyga u yerda qolish uchun qaytish vaqti keldi”, — deydi Jeff Bezos.