8-may, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining javob o‘yinida Londonning “Tottenhem” klubi safarda Amsterdamning “Ayaks” jamoasi bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida amsterdamliklar sardori Matteys de Ligt hisobni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqaga kelib yarim himoyachi Hakim Ziyosh hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yinning 55, 59 va 90+6-daqiqalarida “shporlar” yarim himoyachisi Lukas Moura raqib darvozasini uch bor ishg‘ol qilib, het-trikka erishdi.
Shu tariqa londonliklar mehmonda kechgan bahsda amsterdamliklarni mag‘lubiyat uchratdi (2:3). Ta’kidlash joiz, London klubi “Ayaks” bilan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra durang o‘ynadi (3:2, ilk uchrashuv — 0:1), biroq mehmonda urilgan gollar evaziga Maurisio Pochettino jamoasi musobaqa finaliga chiqdi.
Endilikda ular musobaqaning final uchrashuvida “Liverpul” bilan chempionlik uchun kurash olib boradi.
Ma’lumot uchun, final bahsi 2-iyun kuni Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.
YChL
1/2 final bahsi
8-may, chorshanba
“Ayaks”—“Tottenhem” 2:3 (1:0)
Gollar: 1:0 — 5 de Ligt, 2:0 — 35 Ziyesh, 2:1 — 55 Lukas Moura, 2:2 — 59 Lukas Moura, 2:3 — 90+6 Lukas Moura“Ayaks”: Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui, Shyone (Veltman, 60), de Yong, van de Bek (Magalyan, 90), Ziyosh, Tadich, Dolberg (Sinkgraven, 67)
“Tottenxem”: Lyoris, Alderveyreld, Rouz (Devis, 82), Trippyer (Lamela, 81), Vertongen, Alli, Vanyama (Lyorente, 46), Lukas Moura, Sissoko, Eriksen, Son Hyon Min.
Ogohlantirishlar: Sissoko (16), Dolberg (50), Rouz (76), Ziyosh (77), Onana (90+5)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)