Avstraliya rezerv banki (RBA) 46 million nusxada 50 dollarlik banknotlarni imloviy xato bilan muomalaga chiqardi. Kupyuraning suratini mahalliy Triple M radiosi o‘zining Instagram sahifasida e’lon qilgan.
Xatolik mamlakatning parlamentga saylangan birinchi ayol deputati Edit Koenning so‘zlari yozilgan kichik matnda vujudga kelgan. Undagi “responsibility” (mas’uliyat) so‘zida uchinchi “i” harfi tushib qolgan va “responsibilty” tarzida nashr qilingan. Ammo bu xato ko‘zga deyarli tashlanmaydi. Radiostansiya e’lon qilgan surat kattalashtirib ko‘rsatilgan.
https://www.instagram.com/p/BxN4PpbBRHj/?utm_source=ig_embed
CNN’ning yozishicha, bank bu xatolikdan xabardor.
“Bu banknotlar muomalada o‘z kuchini saqlab qoladi va boshqa oddiy kupyuralar singari ishlatiladi. Ularning qadri va vazifasi o‘zgarmagan”, — deydi RBA vakili.
Imlo xatoni keyingi tirajlarda to‘g‘irlashga bank va’da berdi.
50 dollarlik yangi plastik kupyuralarni bank o‘tgan yili bosib chiqargan.
Izoh (0)