Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 2018-yil 11-may kuni tuman IIBga tushgan hujjatlar ko‘ra, 2014-yil 24-may kunidan 2015-yil 8-noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 51 yoshli B.S. Samarqand ko‘chasida yashovchi 45 yoshli F.H.ning uyida unga oshxona jihozlarini yasab berishni va’da qilib 7 600 AQSh dollari olib, bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida B.S. 2019-yil 11-aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida ushlangan. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)