Yevropa Chempionlar Ligasi yarim finalining “Barselona”ga qarshi javob o‘yini oldidan “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp hujumchi Muhammad Salohning sog‘lig‘i haqida ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Rikardo Roseti o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.
“Saloh ertaga maydonga tushmaydi. Uning ahvoli yaxshi, ammo u “Barselona” bilan bo‘lib o‘tadiga o‘yinni o‘tkazib yuboradi”, — dedi Klopp.Eslatib o‘tamiz, misrlik hujumchi “Nyukasl” bilan kechgan o‘yinda darvozabon Martin Dubravka bilan to‘qnashib ketgandi, shundan so‘ng shifokorlar uni zambilda maydondan olib chiqib ketgandi.
Shuningdek, Klopp mersisaydliklarning boshqa bir hujumchisi Roberto Firmino ham “Barselona” bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda maydonga tushmasligini ta’kidladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)