4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Kunning dastlabki o‘yinida Namanganning “Navbahor” klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, namanganliklar avvalgi turda “Dinamo” bilan safarda durang o‘ynagandi (2:2). Jizzaxliklar esa “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergandi (1:2).
Shu kuni Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostidagi “Buxoro” klubi o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:45 da boshlanishi belgilangan.
Ma’lumot uchun, buxoroliklar 6-turdan o‘rin olgan o‘yinda “Bunyodkor” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (2:2), Qarshi klubi esa OKMKni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgandi (4:0).
Superliga
7-tur bahslari
4-may, shanba
“Navbahor”—“So‘g‘diyona” 19:00
“Buxoro”—“Nasaf” 19:45
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)