2019-yil 3-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida bir qator qonunlar ma’qullandi, bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali ma’lumot beradi.
Ushbu qonunlarga quyidagilar kiradi:
— Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida;— Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida;— Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;— Yaylovlar to‘g‘risida;— O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida;— O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;— O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;— Turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar haqidagi Stokgolm konvensiyasini (Stokgolm, 2001-yil 22-may) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida.
Ma’qullangan qonunlar Prezident tomonidan imzolanib, belgilangan tartibda e’lon qilingach rasmiy kuchga ega bo‘ladi.
Izoh (0)