Fransiya futbol federatsiyasining tartib-intizom qo‘mitasi PSJ hujumchisi Kilian Mbappening mamlakat kubogi finalida “Renn”ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilishi yuzasidan qaror qabul qildi (2:2, penaltilar seriyasi — 5:6).
Unga ko‘ra 20 yoshli futbolchi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu Liga 1, shuningdek, barcha musobaqalarga tegishlidir.
Bundan tashqari, tartib-intizom qo‘mitasi PSJning boshqa bir hujumchisi Neymarga qarshi ish ochdi.
Eslatib o‘tamiz, Neymar “Renn” bilan kechgan o‘yindan so‘ng Parij klubi futbolchilarini haqorat qilgan muxlisning yuziga urgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)