30-aprel kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qoraqumda Xavfsizlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi, deb xabar beradi “Xronika Turkmenistana”.

Mamlakat rahbari uchrashuv joyiga vertolyot hamda olti g‘ildirakli yo‘ltanlamasda yetib keldi. Yig‘ilish yakunlangach, Berdimuhamedov Xavfsizlik kengashi a’zolari hamrohligida kvadrotsiklda sayr qildi.

Avvalroq, Turkmaniston prezidenti “Rivoj” laqabli axaltaka toychog‘i haqida rep qo‘shiq ijro etgandi.